Kislota, Asos va pH Nima?

Kimyo fanida kislota va asoslar juda muhim tushunchalardan hisoblanadi. Kislotalar nordon ta’mga ega bo‘lib, vodorod ionlarini ajratadi.

Asoslar esa achchiq ta’mli bo‘lib, gidroksid ionlarini hosil qiladi. Masalan: natriy gidroksid (NaOH).

pH esa moddaning qanchalik kislotali yoki ishqoriy ekanligini ko‘rsatadi.

pH shkalasi 0 dan 14 gacha bo‘ladi:

  • 0 - 6 → Kislota
  • 7 → Neytral
  • 8 - 14 → Asos

Masalan: limon kislotali, sovun esa asosli modda hisoblanadi.